in

Afrikalik KAMBAG'AL Bola Milliarderga aylandi- "TESLA" Brendi tarixi



Eng yangi audiokitob va zamonaviy, foydali videolarni birinchilardan bo’lib biz bilan kuzating!
Kanalga obuna bo’lish uchun ssilka: http://bit.ly/3av8PKH

Elektr dvigatelli avtomobilni yaratish g‘oyasi ichki yonuv dvigatelli birinchi mashinadan ancha oldin paydo bo‘lgan. Chunki Nikola Teslaning ish qog‘ozlarida ham elektr dvigatelda harakatlanadigan avtomobil chizmalari bor edi. Ammo u o‘z zamonasidan ilgarilab ketgani bois uning g‘oyasini amalga oshirish uchun texnologiya hali u darajada rivojlanmagan edi.

Uzoq yillar davomida faqatgina ekologlar elektr avtomobillar tarafdori edi. Chunki golf-karlar misolidagi elektromobillar an’anaviy benzinda harakatlanuvchi avtolarga ko‘p borada bas kelolmas edi

Tesla kompaniyasi muvaffaqiyatining asosi — bu ikki muhandis Mark Tarpenning va Martin Eberxarddir. Loyihani amalga oshirishga ularning shaxsiy g‘oyalari turtki bo‘ldi . Mark ekologiya uchun kurashuvchilardan edi. Martin esa har doim 8 kilometr yo‘lga bir litr yoqilg‘i ishlatmaydigan sport mashinasini orzu qilar edi.

90-yillarda Kaliforniyada ularning umumiy do‘sti bo‘lmish Greg Rand uyushtirgan uchrashuvda tanishgan Mark va Martin sitkomdagi ikki qahramonni esga solishardi: suhbatdosh va g‘ayratli Eberxard hamda kamtar Tarpenning bir-birining kamchiligini to‘ldirgan. Ko‘p o‘tmay ular birgalikda ish boshlaydilar.

1997-yil bahorida Eberxard va Tarpenning “NuovoMedia”ni yaratdilar va o‘zlarining “Rocket eBook” nomli elektron kitob o‘qish moslamasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Ular muvaffaqiyat to‘lqinini tezda qo‘lga kiritib, 187$ million AQSh dollari ishlab topadilar.

Elektr avtomobil tomon

Ularning keyingi loyihasi Eberxardning avtomobil sotib olmoqchi bo‘lganida yuzaga kelgan. An’anaviy sport avtomobillar ko‘p yoqilg‘i sarflagani uchun, ular faqat elektr tokidan foydalanuvchi mashina yaratishga qaror qilishadi. 2000-yillarning boshlarida allaqachon elektron dvigatelli tezkor mashinalarni seriyasiz ishlab chiqarishga urinishlar bo‘lgan edi. Eberxard Kaliforniyaning “AC Propulsion” kompaniyasining kichik “Tzero” rusumli mashinasi haqida ma’lumot oladi. “Lamborghini” kabi tezlanishga ega bo‘lgan holda, u butunlay elektron edi.

Tarpenning va Eberxard ushbu sohada qo‘llanilib kelingan qo‘rg‘oshin asosli akkumulyatorlar o‘rniga oddiy telefon va noutbuklardagi litiy-ion batareykalardan foydalanishga qaror qilishadi, chunki o‘sha paytda bu nisbatan ilg‘or texnologiya edi.

Dvigatel sifatida esa ular Induksion motorni oldilar. Bunday motorning eng sodda namoyondasi oddiy uy ventilyatorlarini harakatga keltiradi. Bunday dvigatelning quvvatlirog‘ini ishlatish an’anaviy avtomobillar uchun zarur bo‘lgan katta dvigatel, transmissiya, benzin baki va chiqindi gazlar quvuri kabi bir qator detallarga ehtiyojni yo‘qqa chiqarardi. Chunki avtomobil harakatga kelishi uchun elektr dvigatel, quvvat manbasi va boshqaruv tizimining o‘zi yetar edi.

2003-yilda Martin va Mark tomonidan yaratilgan kompaniya induksion motor ixtirochisi Nikola Tesla sharafiga Tesla Motors deb nomlandi.

Eberxard ham, Tarpenning ham avtomobilsozlik sohasida yetarli tajribaga ega emas edi. Ularning ikkalasi ham mashinani yaratish elektron kitobga qaraganda biroz murakkabroq deb taxmin qilishgan edi, ammo amalda esa juda ko‘p narsa ustida ish olib borish kerak bo‘lgan.

Yirik avtomobil kompaniyalar uchun detallar turli zavodlarda ishlab chiqariladi. Tesla ham shunday amaliyotni qo‘llay boshladi va Britaniyaning Lotus kompaniyasi bilan kuzovlar tayyorlash yuzasidan shartnoma imzolanadi. Unga ko‘ra Teslaning “The Roadster” modeli Lotus Elise avtomobilining asosida ishlab chiqarilar edi.

2004-yilga kelib, PayPalni sotib millionerga aylangan Mask o‘zining SpaceX kompaniyasiga asos solgan edi. Eberxard va Tesla Motorsning yana bir “otasi” Ian Raytlar Elon Musk bilan Los-Anjelesda, SpaceX bosh ofisida uchrashadilar.

Bo‘lajak loyiha haqida bir qancha kelishmovchiliklar yuzaga keldi va Mask dastlab sarmoya qilishga qattiq shubha qildi. Biroq, ba’zi narsalarda Mask va Tesla muhandislari birdam edilar: elektr avtomobili kuchli, chiroyli, shunchaki yaxshi emas, balki chinakam texnika yutug‘iga aylanishi va nihoyat benzinni “ko‘mishi” kerak edi. Tarpenning bilan murosaga kelgan Musk Tesla Motorsga $ 7,5 mln dollar miqdorida birinchi investitsiya kiritadi. Keyinchalik Teslaga Google, eBay, Toyota va Daimler kompaniyalari sarmoya kiritadilar. Ammo eng katta ulush Maskka tegishli bo‘lib qolaveradi va u Tesla Motors boshqaruvining raisiga aylanadi.

Yig‘ilgan birinchi avtomobil Tesla Roadster deb nomlangan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, uning asosiy tarkibiy qismlari Kaliforniyada ishlab chiqarilgan, ammo oxirgi avtomobil Buyuk Britaniyadagi fabrikalarda yig‘ilgan.

Davomini video orqali bilib oling.
Manba: Biznesrivojuz

Ushbu videoda Teslaning to’liq tarixini bilib olasiz.

34 Comments

  1. Уни.исми.фамилясидан.бошқа.хеч.нарсаси.йўқ.ахмадбойга.ўхшаб.нармалний.иш.бошлаб.қўйган

  2. Tesla qanaqa monistir matorning baland ovozidek roxat bermaydi u axmoqlar, lamborghini, ferari lar shu sababli qimmat bulsaxam sotiladi